Главная » 2017 » Август » 3 » O‘zMTRK rahbari lavozimidan nega chetlatildi?
19:09

O‘zMTRK rahbari lavozimidan nega chetlatildi?


O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbari Xurshid Mirzohidov o‘z lavozimidan chetlatildi. Qisqa fursat ichida mazkur xabar yashin tezligida tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga tushdi.

Bunga sabab esa, “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov hamda bugunga qadar yuritilgan siyosat noxolis va asossiz tanqid qilingan, deb taxmin qilinmoqda. Shu bois, prezident Shavkat Mirziyoev uni maddohlikka yo‘l ochib bergani uchun ishdan bo‘shatgan. Biroq, bu ma’lumotlar hali tasdiqlanganicha yo‘q va iste’fo sababi aniq keltirilmadi.

So‘nggi vaqtlarda kuzatadigan bo‘lsak, O‘zMTRKda faoliyat yurituvchi ko‘plab jurnalistlar tanqidiy materiallar tayyorlashga bel bog‘lagan. Albatta, bu yaxshi. Biroq, tanqidiy mulohaza yuritishga salohiyati yetmaydiganlar ham shuhrat qozonish maqsadida tanqidchiga aylanayotganlari biroz kishining g‘ashini keltiradi. Shu vaqtgacha lom-mim demay, balandparvoz mavzular atrofida aylanayotganlar, birdaniga botirga aylanishlari taajjubli holat emasmi? Ishonamizki, xolis va haqqoniy yoritilgan tanqidiy mavzulargina o‘z tomoshabinini topadi va muammolar qurshovida qolmaydi. Buni haqiqiy jurnalistlar juda yaxshi bilishadi.

Tez fursatda Xurshid Mirzohidovning nima uchun rahbarlik lavozimidan chetlatilgani ayon bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Xurshid Mirzohidov shu yilning fevralida 12 yil davomida televideniega rahbarlik qilgan Alisher Xo‘jaev o‘rniga rahbar etib tayinlangan edi.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: rahbar, O‘zMTRK | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя