Главная » 2021 » Октябрь » 1 » OAV: “Al-Qoida” yetakchisi Usama ben Ladenning 2011-yilda AQSh tomonidan yo‘q qilinishi spektakl bo‘lgan
10:53

OAV: “Al-Qoida” yetakchisi Usama ben Ladenning 2011-yilda AQSh tomonidan yo‘q qilinishi spektakl bo‘lgan


Pokistonda 2011-yilda “Al-Qoida” terrorchilik guruhi rahbari Usama ben Ladenni yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiya sahnalashtirilganga o‘xshaydi, uning o‘sha paytda voqea joyida bo‘lganini tasdiqlaydigan dalil yo‘q. Bu haqda guvohlar va ushbu voqea tafsilotlarini o‘rganayotgan pokistonlik jurnalistlar “RIA Novosti”ga gapirib berdi.

Rasmiy axborotga ko‘ra, vertolyotlar bilan Afg‘onistondan Pokistonning Abbottobod shahriga olib borilgan ben Laden 2011-yil 2-may kuni Amerika maxsus kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.

O‘sha paytda voqea joyida ish olib borgan pokistonlik jurnalist Suhayil Abbosiyning “RIA Novosti”ga aytishicha, Abbottobodda sodir bo‘lgan voqea spektakl bo‘lgan, bu AQShning jahon hamjamiyati va Amerika fuqarolari oldida obro‘sini saqlash uchun kerak edi.

“Biz hammamiz ben Laden binoda bo‘lmaganiga aminmiz. Lekin uning oilasi bu tumanda bir necha yil davomida yashagani, rost”, — dedi guvohlardan biri Roja Xorun, u ben Laden joylashgani aytilgan binodan bir necha metr narida yashardi.

Agentlik suhbatdoshining aytishicha, Amerika va G‘arb ommaviy axborot vositalarida ben Ladenning yo‘q qilingani haqida e’lon qilingan xabarlardan butun shahar aholisi ajablangan.

“O‘shanda mahalliy va xorijiy jurnalistlar kelishni boshladi. So‘ngra eng xavfli terrorchilik tashkilotining rahbari yo‘q qilingani haqida bayonotlar, shu munosabat bilan Obama (o‘sha paytdagi AQSh prezidenti) nomiga tabriklar paydo bo‘la boshladi, Ladenning jasadi dengizga tashlangan emish — bu kulgili va ahmoqona edi”, — deydi Xorun.

Amerikaliklarning aytishicha, o‘ldirilgan shaxs “Al-Qoida” terrorchilik guruhining yetakchisi ekani aniqlangan, qabri terrorchilar sig‘inadigan joyga aylanmasligi uchun u dengizga dafn qilingan.

Ben Laden 2011-yilgi reyd paytida o‘ldirilgani haqidagi shubhalarni, jumladan, AQShning 45-prezidenti Donald Tramp ham bildirgan. Twitter’da u “birinchi raqamli terrorchi” tirikligi haqida yozgan. Operatsiyaga jalb qilingan dengiz piyodalaridan biri 2020-yil oktabr oyida hujum paytida ben Ladenning qiyofadoshi o‘ldirilgani haqidagi mish-mishlarni ommaviy rad etdi. “Al-Qoida” yetakchisining jasadi identifikatsiya yo‘li va qarindoshlarining DNK namunalari bilan taqqoslash orqali tasdiqlangan, deya xabar bergan AQSh OAV.

Reyddan so‘ng AQSh harbiy qo‘mondonligi “Al-Qoida” yetakchisi jasadining barcha fotosuratlarini topshirish yoki yo‘q qilishni talab qildi. Ma’lum qilinishicha, reyd paytida Afg‘onistondagi samolyot angarida, shuningdek, jasadning dengizga dafn qilinishidan oldin olingan bir nechta fotosuratlar to‘plami bor; kadrlarda marhumning boshiga teggan o‘q bosh suyagini maydalab, miyani ochib yuborganini ko‘rish mumkin.

Ba’zi ommaviy axborot vositalarida ta’kidlanishicha, fotosuratlarda ben Ladenga yuzlab o‘q uzilganini, yo‘q qilish operatsiyasini olib borayotgan jangchilarning harakatlari haddan tashqari ekanini ko‘rish mumkin bo‘lardi. Ben Laden o‘ldirilganidan bir necha kun o‘tgach, Obama uning jasadi tasvirlarining nashr etilishiga qarshi ekanini, chunki bu xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini aytdi.  O‘nlab fotosuratlar ayrim qonunchilarga maxfiy tarzda ko‘rsatilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, spektakl, Usama ben Laden | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя