Главная » 2020 » Июль » 3 » OAV: Messi Barselonadan ketmoqchi
10:23

OAV: Messi Barselonadan ketmoqchi


Ispaniyaning “Barselona” klubi sardori, argentinalik hujumchi Lionel Messi jamoa bilan yangi shartnoma ustida olib borilayotgan muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi. U 2021 yilda klubni tark etish niyatida. Bu haqda “Cadena SER” radiosi xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli hujumchi OAVda o‘zi haqida tarqalgan xabarlardan ranjigan. ispan nashrlarida Messi “Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Ernestno Valverdening ketishiga aloqadorligi aytilgandi. Keyinroq Messi amaldagi bosh murabbiy Kike Seten bilan yuz bergan janjalga ham bog‘landi.

Shu sababdan Messi “Barselona” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib, klubdan ketishga qaror qilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilda nihoyasiga yetadi.

Argentinalik “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2004 yilda debyut qilgan. Joriy yilning 30 iyun kuni Messi “Atletiko”ga qarshi o‘yinda 700-golini urdi (630 ta gol “Barselona” uchun va 70 ta gol Argentina termasida). Messi 2019 yilda "France Football" jurnali talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. U faoliyat davomida bu sovrinni 6 marta qo‘lga kiritgan.

“Barseloan” Ispaniya chempionatida bu mavsumda 70 ochko to‘plab ikkinchi o‘rinda boryapti. 4 ochko ko‘proq to‘plagan “Real” peqadamlik qilyapti. Chempionat yakunlanguncha yana 5 ta tur bor.


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: messi, Barselonadan ketmoqchi, OAV | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя