Главная » 2020 » Ноябрь » 29 » OAVda Putinning «sirli oilasi» haqida xabarlar paydo bo‘ldi, Peskov izoh berdi
13:46

OAVda Putinning «sirli oilasi» haqida xabarlar paydo bo‘ldi, Peskov izoh berdi


Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning «sirli oilasi» haqida OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotga izoh berdi.

Bu haqda Rossiyaning «Dojd» telekanali xabar bermoqda.

Peskov Rossiyaning «Proyekt» nashri tomonidan Putinning rafiqasi va qizi haqidagi surishtiruvni ahmoqlik deya atadi. 

«Hayronman, bu bo‘lmag‘ur gap. Bu (Putinning sirli rafiqasi haqidagi ma’lumot) jiddiy narsa emas, o‘ylab topilgan, qo‘shib chatilgan», - deydi Peskov.

Avvalroq ayrim OAVlarda sirli oila Sankt-Peterburgda istiqomat qilishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Putin rafiqasi bilan 2013-yilda ajrashgan va hozirda rasman bo‘ydoq sanaladi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: oilasi, sirli, OAVda, izoh berdi, Putinning, Peskov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя