Главная » 2018 » Апрель » 17 » Ob-havo ma’lumoti: ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin
19:35

Ob-havo ma’lumoti: ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin


O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 18 aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +9 daraja, kunduzi +15 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 ... +3, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +5 ... +10, kunduzi +13 ... +18 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя