Главная » 2018 » Июнь » 9 » Obid Asomov o‘g‘li nohaq o‘qishdan haydalganidan shikoyat qildi
10:07

Obid Asomov o‘g‘li nohaq o‘qishdan haydalganidan shikoyat qildi


«UzNews.uz» nashri orqali «Gubkin» filialidan 23 nafar talabaning o‘qishdan haydalishi haqida maqola chop etilganidan so‘ng, nashrga Obid Asomov qo‘ng‘iroq qilib, shikoyati borligini bildirgan.

Taniqli qiziqchining ma’lum qilishicha, o‘tgan o‘quv yilida san’atkorning o‘g‘lini «aldab» o‘qishdan haydab yuborishgan va Obid Asomovning o‘zini ham ushbu o‘quv maskani rektori bir necha bora aldagan. U farzandini «tushunib bo‘lmas bahona» sabab o‘qituvchi matematika imtihonlaridan o‘tkazmagan. Talabani universitetda qoldirishning bir yo‘li esa uni akademik ta’til olishi rektor tomonidan maslahat berilgan hamda ta’tilga yozilishi kerak bo‘lgan ariza o‘rniga, talabadan o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan ketishi borasidagi ariza yozdirib olingan. Obid Asomovning o‘g‘liga nega bu shaklda ariza yozding degan savoliga o‘g‘il ham «bo‘ldi hammasi yaxshi bo‘ladi borib, ularning aytganini qil degansizku», deb javob bergan. Talabaning hayotiy tajribasi yo‘qligi, yoshligidan foydalangan universitet tomoni uni o‘qishdan haydagan.

«Gubkin» filialidan talabalarning haydalishi va norozilik holatlarining ko‘pligi tufayli nashr jurnalistik surishtiruvni davom ettirishini bildirgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Obid Asomov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя