Главная » 2017 » Январь » 8 » Obid Asomov “Ummon” guruhining qo‘shiqlarini askiya qildi
19:42

Obid Asomov “Ummon” guruhining qo‘shiqlarini askiya qildi


Ayni kunlarda oilasi bilan Tailandda dam olayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov o‘zining  Instagram’dagi sahifasi orqali  dengizdagi ummon haqida gapirib berar ekan, o‘zbek shou-biznesidagi yoshlarning eng sevimli guruhlaridan biri bo‘lgan “Ummon” guruhini ham yodga oldi.
 
“Suvga tushsam, shu qo‘shiq tilimga kelaveradi. Rostdan ham “Ummon” guruhi shu yerga kelib ijod qilsa bo‘larkan. Nuqul tanqid qilishadi ashulalarini. Okean suvi sho‘-o‘-o‘r, bahonada qo‘shiqlariga maza kirarmidi...”
 
Uning bu so‘zlariga “Ummon” guruhining muxlislari orasida e’tiroz bildirganlar va yigitlar tomonidan ijro etiladigan aksariyat qo‘shiqlar dilga yaqin ekanini aytganlar ham bo‘ldi.
 
Ma’lumot uchun, muxlislarning “O‘zbekistonga qachon qaytasiz?”, deb bergan savoliga Obid Asomov, “Kunlar isib, qulupnaylar pishganda”, deb javob qaytardi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: qo‘shiqlarini askiya qildi, ummon, guruhi, Obid Asomov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя