Главная » 2020 » Апрель » 1 » “Ochlik hali oldinda”. Koronavirus fillar hayotiga xavf solishni boshladi
13:05

“Ochlik hali oldinda”. Koronavirus fillar hayotiga xavf solishni boshladi


Tailandda koronavirus infeksiyasining avj olishi sayyohlik sohasida foydalanilgan ko‘plab fillarning och qolishiga, hayvonot bog‘lariga sotilishiga yoki noqonuniy sotib yuborilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Star” nashri xabar bermoqda.

Virus paydo bo‘lishidan avval turizm sohasida foydalanilgan 2000 ta filning masalasi tarang holatga kelib qolgan. Jonivorlar sayyohlarni olib yurishi va turli shoularni ko‘rsatishi uchun ularga nisbatan juda shafqatsiz usullar qo‘llangan. Chegaralarning yopilishi va sayyohlar sonining kamayishi sababli, hayvonlarga kunlik 300 kilogramm ovqat berilmayapti.

Tabiat himoyachilari ogohlantirmoqda: “ochlik va xavf hali oldinda”.

"Xo‘jayinim qo‘lidan kelganini qiladi, ammo bizda pul yo‘q", deydi Chiangmadagi fillar lageri vakili. 

“Ayni kunda 2000 ga yaqin fil “ishsiz qolgan”. Bu virus mamlakat sayyohlik sanoatini yo‘q qilayotgani bilan bog‘liq”, deydi Tailand fillar assotsiatsiyasi prezidenti Tirapat Trungprakan.   

"Fillar bilan bog‘liq holat juda og‘ir bosqichga kelib qolgan. Bizga har bir fil uchun kuniga 30 dollardan kerak”, deydi mamlakatdagi tabiat bog‘laridan birining rahbari.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tailandda koronavirusga 1651 nafar odam chalindi. 342 bemor shifo topgan bo‘lsa, 10 kishi vafot etdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя