Главная » 2021 » Февраль » 5 » Odam tanasidan sovun ishlab chiqarilgan — 95 yoshli odam ayblanmoqda
17:54

Odam tanasidan sovun ishlab chiqarilgan — 95 yoshli odam ayblanmoqda


Germaniyada Shtutgof konslagerining 95 yoshli sobiq kotibi 10 mingga yaqin mahbusni o‘ldirishda, shuningdek, qotillikka urinishda ayblanmoqda, deya «RIA Novosti»ga ma’lum qildi katta prokuror Piter Myuller-Rakov.

«Biz Shtutgof konslageri komendantining sobiq kotibiga qarshi ayblovlarni e’lon qildik. Biz uni 10 mingdan ortiq qotilliklar hamda qotillikka urinishda aloqador boshqa epizodlarda ayblamoqdamiz», — dedi u.

Natsistlarning Shtutgof konslageri 1939-yilda Gdanskdan sharqda bosib olingan Polsha hududida tashkil etilgan. Lagerda 65 mingga yaqin mahbus halok bo‘lgan. Shtutgof asirlarida tibbiy tajribalar o‘tkazilgan, odam tanasidan sovun ishlab chiqarilgan. Ayni paytda konslager joylashgan joyda muzey faoliyat olib bormoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: odam, ayblanmoqda, tanasidan, Sovun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя