Главная » 2021 » Апрель » 26 » Odamlarga o‘t o‘chirish mashinasida ayovsiz suv sepilgani yuzasidan rasmiy izoh berildi
16:56

Odamlarga o‘t o‘chirish mashinasida ayovsiz suv sepilgani yuzasidan rasmiy izoh berildi


Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in o‘chirish mashinalari tomonidan suv sepilayotgani  aks etgan videolar keng tarqaldi. 
 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi video yuzasidan bayonot bilan chiqdi. 
 
Mazkur holat vazirlik tomonidan to‘liq nazoratga olinib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu vaziyat respublikamizning Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida yuzaga kelganiligi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan hududlarda koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.
 
Hodisa yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xodimlarga intizomiy choralar ko‘riladi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘t o‘chirish, mashinasida, ayovsiz, rasmiy, SUV, izoh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя