Главная » 2016 » Декабрь » 12 » Odil Ahmedov faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin
14:59

Odil Ahmedov faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, qolaversa, Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov ayni vaqtda Xitoy klublaridan biri bilan shartnoma tuzish arafasida turibdi. Bu haqda “Sportfakt” xabar qilmoqda.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, Odil Ahmedov 11 dekabr kuni Pekin shahriga yetib borgan va xitoylik mutaxassislar bilan shartnoma bandlarini o‘rganmoqda. Odil Ahmedovga Xitoyning “Shandun Lunen” klubi qiziqish bildirgan.
 
Rossiyaliklar Xitoy klubi kompensatsiya badalini to‘lagan taqdirda, o‘zbekistonlik legionerni ularga berishga rozi bo‘lishlarini bildirishgan.
 
Bu yilgi mavsumda 29 yoshli Odil Ahmedov “Krasnodar” tarkibia 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Bu uchrashuvlarda bir marta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Xitoy, Odil Ahmedov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя