Главная » 2020 » Апрель » 7 » Odil Ahmedov Shanxaydan O‘zbekistonga gumanitar yordam yubordi
18:50

Odil Ahmedov Shanxaydan O‘zbekistonga gumanitar yordam yubordi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori, “Shanghai International Port Group” (SIPG) futbolchisi Odil Ahmedov koronavirusga qarshi kurashga yordam tariqasida O‘zbekistonga gumanitar yordam ko‘rsatdi. Ahmedovning o‘zi ayni paytda Shanxayda bo‘lib turibdi. Bu haqda “Dunyo” axbaorot agentligi xabar bermoqda.

Tez orada O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulligi ko‘magida Respublikaga tibbiy kombinezonlar, ko‘zoynaklar va shlyapa to‘plamlari keltiriladi.

Avvalroq, BAAning “Sharja” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatda qiyin ahvolda qolgan oilalarga 100 million so‘m xayriya qilgani haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, o‘zbek futboli afsonasi ixtiyoriy ravishda “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi hisobiga 75 million so‘m mablag‘ o'tkazib berdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя