11:36 Odil Ahmedovning Saudiyaga qarshi bahsda nega himoyada o‘ynagani ma’lum bo‘ldi | |
Jahon chempionati saralash bosqichining Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston o‘yinida Milliy terma jamoa yarimhimoyachisi Odil Ahmedov nega maydon markazida emas, balki himoyada o‘ynagani ko‘plab bahs va munozaralarni keltirib chiqardi. Ahmedovning o‘zi bugun, 19 iyun kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi kongressida bunga izoh bermadi, uzr so‘radi va MTJdagi faoliyatini yakunlaganini aytdi. Masalaga O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov munosabat bildirdi. U ham hamkasbi Ahmedov va MTJ bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan Vadim Abramov kabi so‘zini uzr so‘rashdan boshladi.
Xo‘sh, Haydarov aytganidek O‘FA terma jamoaga barcha sharoitlarni yaratib bergan bo‘lsa, nega yana tarvuzimiz qo‘ltig‘imizdan tushgancha qoldik? Haydarov sabablarni ipga terdi:
Aziz Haydarov MTJning o‘yin uslubi haqida ham fikr bildirdi.
Agar Abramov tanlagan tarkibi bilan kerakli natijaga erishganida, hech kim muhokama qilmasdi. Abramov terma jamoaga xalqnig fikri bilan tayinlangan. Murabbiylar kengashi bor, rahbariyat murabbiy masalasida menga murojaat qilganida, uning psixologik tomondan futbolchilarni tayyorlay olishi inobatga olingan”, deydi Haydarov. Sobiq futbolchi O‘zbekiston MTJ safida 85 uchrashuvda ishtirok etib, bir marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|