Главная » 2020 » Ноябрь » 24 » Ofitsiant qizlar bilan hayot yo‘lini bog‘lagan mashhurlar (foto)
16:03

Ofitsiant qizlar bilan hayot yo‘lini bog‘lagan mashhurlar (foto)


Shou-biznes vakillarining hammasi ham turmush o‘rtoq borasida sohasidagi hamkasblarini tanlayvermaydi. Ularning orasida kasbidan ko‘ra qanday inson ekani va qarashlari mos kelishi muhim bo‘lgan mashhurlar ham yo‘q emas.

Mett Deymon va Luchiana Barroza

Gollivud yulduzi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan 2003-yilda, u ofitsiant bo‘lib ishlaydigan barda tanishgan. U bir ko‘rishda Luchianani yoqtirib qolgan va oradan ikki yil o‘tib juftlik turmush qurgan. Rafiqasining birinchi turmushidan qiz farzandi bo‘lgan va Mett unga otalik qilishga rozi bo‘lgan. Hozirda ularning 3 uch nafar farzandi bor.

Nikolas Keyj va Elis Kim

Yulduzlar olami vakillari bilan qurgan avvalgi ikki turmushi ham o‘xshamaganidan keyin Elis rafiqa sifatida oddiy qizni tanlashga qaroq qilgan. U Elis bilan 2004-yilda Los-Anjelesdagi restoranlardan birida tanishgan va bir necha oy o‘tib uning qo‘lini so‘ragan. Ular 12 yil birga yashagan keyin esa ajrashgan.

Devid Shvimmer va Zoui Bakman

“Do‘stlar” seriali yulduzi Devid, ofitsiant Zoi Bakmanni Londonda uchratgan. Bu vaqtda aktyor suratga tushish uchun Britaniyaga kelgan bo‘lgan. Qizni yoqtirib qolganidan unga o‘zi bilan AQShga ketishni taklif qilingan. U rozi bo‘lgan va ko‘p o‘tmay juftlik turmush qurgan. Qiz farzandli bo‘lgan Shvimmerlar oilasi 7 yildan uzoq birga yashamagan. 2017-yilda ularning ajrashishi haqidagi ma’lumot e’lon qilingan.

Kris Not va Tara Uilson

2004-yilda Kris, o‘ziga qarashli barda ishlaydigan Tara bilan tanishgan. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik bir necha yildan keyin o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Juftlik Tara 30 yoshni qarshilaganida 2012-yil turmush qurishga qaror qilgan. Shundan buyon bir vaqtlar ofitsiant bo‘lib ishlagan Uilson restoran biznesi rahbariga aylangan.

Norvegiya shahzodasi Xokon va Mette-Marit Xeybi

Norvegiya shahzodasining ofitsiant qiz bilan unashtirilgani haqida ma’lumot e’lon qilingani turli shov-shuv va bahslarga sabab bo‘lgan. Gap so‘zlar qizning faqatgina kelib chiqishi emas, uning o‘tmishi va farzandli ekani bilan bog‘liq ham bo‘lgan. Ammo hech narsa Xokonni fikridan qaytarolmagan va juftlik turmush qurgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Qizlar, Ofitsiant, Hayot, Mashhurlar, (Foto) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя