Главная » 2021 » Февраль » 16 » Oilada yolg‘iz o‘g‘il farzand bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi» — Mudofaa vazirligi
22:51

Oilada yolg‘iz o‘g‘il farzand bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi» — Mudofaa vazirligi


16 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Mudofaa vazirligi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi harbiy xizmatchilarning xizmat qilish tartibiga kiritilgan ba’zi o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

«Oldin boshqa viloyat harbiy xizmatchisi o‘zining viloyatida xizmat qilishi mumkin emas edi. Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, nizomga hududiy tamoyil degan tushuncha kiritildi. Ba’zi bir lavozim va mutaxassisliklarga o‘z hududida xizmat qilish imkoni yaratildi. Shuningdek, avval oilada yolg‘iz farzand bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan joyida xizmat qilishi mumkin edi. Hozir nafaqat yolg‘iz farzand, balki oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lsa ham, tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi», — deydi Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Shermuhammad Saidahmatov.

Shuningdek, anjuman davomida so‘nggi uch yil ichida Prezident qarorlari bilan tegishli dasturlar qabul qilinishi natijasida 2017—2020 yillar davomida ushbu dasturlar doirasida qurilgan uylar hisobiga 6215 nafar harbiy xizmatchi, harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolari zamonaviy va shinam turar joylar bilan ta’minlangani ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2017 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida vazirlik tizimida turar joy ta’minoti ko‘rsatkichi yiliga 450 tadan oshmagan bo‘lib, yuqorida qayd qilingan davlat dasturlari asosida Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida qurilishi amalga oshirilgan turar joylar hisobiga yiliga o‘rtacha 1500 dan ortiq Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uy-joy bilan ta’minlanib kelmoqda.

Xabarda aytilishicha, bundan tashqari, 2018 yil 14 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga 5 foizlik davlat granti asosida qabul kvotasi ajratildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Mudofaa vazirligi, o‘g‘il, yolg‘iz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя