Главная » 2020 » Июнь » 25 » Oilalar buzilishiga sababchi bo‘lgan hind aktrisalari
17:38

Oilalar buzilishiga sababchi bo‘lgan hind aktrisalari


Siz-u bizga ideal bo‘lib ko‘ringan insonlar ba’zida oilalar parokanda bo‘lishiga sababchi bo‘lib qoladi.

Shilpa Shetti

Biznesmen Raj Kundra va uning birinchi rafiqasi Kavita 2003-yilda turmush qurguniga qadar uzoq uchrashib yurgan. Shilpa Shetti o‘zining S-2 atirlarini Buyuk Britaniya bozorlariga olib kirishga qaror qilguniga qadar, Raj va Kavita Londonda baxtli hayot kechirgan. Kavita homilador vaqti eri Raj, Shilpa bilan tanishib uning biznesini rivojlantirishda yordam beradi. Hammasi shundan keyin boshlanadi va biznesmen aktrisaga ilakishib qoladi. Kavita keyinchalik bergan intervyularida, turmush o‘rtog‘i va Shilpaning birga tushgan suratlarini ko‘rib hammasini tushunganini, oilasini saqlab qolishga qilgan harakatlari, farzand kutayotgani ham erini to‘xtata olmaganini ta’kidlaydi. Kavita qizi Delinani dunyoga keltirganidan bir hafta o‘tib, Raj ajrashishga ariza beradi va Shilpaga uylanadi. Kavitaning, Shilpa haqida bergan intervyusi uning karyerasiga ta’sir etmay qolmaydi, lekin vaqt o‘tib hammasi unutiladi. Rajni otalik huquqidan mosuvo qilgan Kavita, ayni vaqtda qizi bilan Angliyada istiqomat qiladi. Raj va Shilpa esa ikki farzandi bilan Hindistonda yashaydi.

Rani Mukerji

Prodyusser Aditya Chopra birinchi rafiqasi interyer dizayneri Payal bilan Bumbaydagi shotland maktabida tanishgan. Ularning onasi do‘st bo‘lgani sabab tez-tez ko‘rishib turgan juftlik, 2001-yilda turmush qurgan. Hayotiga Rani kirib kelmaguncha tinch va baxtli hayot kechirgan er-xotin hayoti keyinchalik ostin-ustun bo‘lib ketadi. Aditya, Payalni ajrashishga majburlaydi, rafiqasi esa bunga ko‘nmaydi. Prodyusserning otasi Yash Chopra ham o‘g‘li va kelinining ajrashishiga qarshilik bildiradi. Shu sabab ham Aditya, Rani bilan yashirincha uchrashib yurib, otasi olamdan o‘tganidan keyin 2014-yilda turmush quradi. Hozir juftlikning Adira ismli qizi bor.

Yami Gautam

Aktyor Pulkit Samrat, 2016-yildagi “Sanam Re” filmining suratga olish maydonchasida Yami Gautam bilan tanishib, hushidan ayrilguniga qadar, Shvet Rohir bilan munosabatlarini nikoh atalmish muqaddas rishta bilan bog‘lagan holda hayot kechirardi. Pulkit ajrashish taraddudiga tushib qolganidan keyin Shvet bor kuchi bilan oilani saqlab qolishga harakat qiladi, hatto aktrisani OAV orqali sharmandasini chiqaradi, lekin bu vaziyatni yanada qaltislashtiradi. Er-xotin bir yil birga yashab ulgurmasdan, ajrashadi. Ammo aktyor va Yami munosabatlari ham ikki yildan ko‘pga bormaydi. Hozir Pulkit boshqa aktrisa Kriti Kxarbanda bilan uchrashadi.

Shridevi

Shridevi 16 yildan beri birga yashab kelayotgan prodyusser Boni Kapur va uning turmush o‘rtog‘i Monaning ajralib ketishiga sababchi bo‘lgan.

Ravina Tandon

Anil Tadani va Natasha Sippining baxtli hayoti, Ravina paydo bo‘lguncha o‘z maromida bo‘lgan. Xiyonatga chidolmagan Natasha ajrashishga rozilik bergach, Anil birinchi turmushiga nuqta qo‘yib keyin Ravina xonimga uylanadi. Hozir juftlik ikki farzandning ota-onasi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Oilalar buzilishiga sababchi bo‘lga, hind aktrisalari | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя