Главная » 2016 » Ноябрь » 18 » Oilaviy baxtga erishishning 6 siri
13:38

Oilaviy baxtga erishishning 6 siri


Ba’zan ahil-inoqligi ko‘plarning havasini keltirgan baxtli turmushga ham ko‘z tegib qolishi mumkin. Ilgarigi farovon xonadoningiz endi ko‘proq jang maydoniga o‘xshashib ketayotgan bo‘lsa, demak oila mustahkamligi sirlari haqida yaxshilab bosh qotirishning vaqti kelibdi.

1. Barcha oila a’zolari kechki ovqatni birga qilishlarini oilaviy an’anaga aylantiring. Bunday paytda suhbat juda maroqli o‘tadi. Faqat unda oilaning har bir a’zosi qatnashib, shunchaki hol ahvol so‘rash bilangina chegaralanmay, kun davomida o‘zi bilan sodir bo‘lgan eng qiziq (g‘alati, kulgili va h.k) voqeani gapirib berishi kerak. Kechki ovqat mahali televizorni yoqmang, telefon ovozini o‘chirib qo‘ying. Kunnning hech bo‘lmaganda shu qismi faqat oilagagina baxsh etilishiga erishing.

2. Butun oila birga o‘tkazadigan ya’ni umumiy vaqtdan tashqari har bir oila a’zosining o‘z shaxsiy vaqti, xonasi yo burchagi ham bo‘lishi kerak. Toki uning yolg‘iz qolishi, o‘zi yoqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishiga imkoniyat bo‘lsin.  O‘zingizning bor vaqtingizni oilangizning barcha a’zolariga «qurbon» qilishingiz shart emas. Oxir-oqibat bu hammaning hafsalasini pir qilishi mumkin. 

3. Dam olish kunlarini uyda biqinib olib o‘tkazgandan ko‘ra, oilaviy dam olishning faol turlarini tanlang: sayrga chiqing, bog‘ga, konki uchishga, teatr, kinoga, yaqinlaringiznikiga mehmonga boring. Erinmang, dam olish kunlarining rang-barang taasurotlarga boy bo‘lishiga erishing.

4. Ko‘proq muloqot qiling, bir-biringizga  e’tiborli bo‘ling, shirin so‘zu-maqtovlarni ayamang! Shu oilaning a’zosiligingizdan faxrlanishni o‘rganing. Yaqiningiz muhtoj bo‘lganida o‘z yordamingizni taklif qilishga ikkilanmang, sizga ko‘maklashishganida minnatdorchilik izhor etishni unutmang. Lekin yordamingiz xiralikka o‘xshab qolmasin. Inson yakka qolishni yoki nimanidir yolg‘iz, sizning maslahat yo ko‘magingizsiz bajarishni istayotganini sezish uchun ziyrakroq bo‘ling.

5. Maishiy ishlarni birga bajarishga harakat qiling. Oilaning har bir a’zosining uy-ro‘zg‘orda bajaradigan o‘z yumushi bo‘lsin, hatto eng kichkinalarning ham. Bu yumush juda arzimas bo‘lsa ham faqat shu ishga biriktirilgan odamgina bajarishini nazorat qilish lozim. Bunday maishiy ishlar me’daga tegmasligi uchun majburiyatlarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish ham ziyon qilmaydi. Masalan, har galgidan istisno tariqasida kechki ovqatni ota pishirishi, do‘konga ona borib kelishi, mashinani yuvishga qiz urinishiyu, o‘g‘il kiyim dazmollashni mashq qilishi mumkin. To‘g‘ri, balki bu ishlar birinchi urinishdan kutilgan natijani bermas, ammo aynan shu arzimas uy yumushlarida bir-biringizdan maslahat yo ko‘mak so‘rashni o‘rganishga, yordam qo‘lini cho‘zishga xizmat qilib oilani yanada jipslashtiradi. Birga bajarilgan ish qizg‘in suhbatlarga asos bo‘lib xizmat qiladi.

6. Mojarolardan cho‘chimang. Oila a’zolaringizning sizning g‘ashingizga tegadigan, xafa qiladigan jihatlari haqida ochiq gapirishni o‘rganing. Yo‘q-yo‘q, ularni ayblashmas, faqat hissiyotlaringiz haqida aytish nazarda tutilayapti. Faqat buni xotirjam, xayrixoh ohangda ifodalash shart.  Har qanday tushunmovchilik, tortishuvlarga qaramay bir-biringizni qadrlang, yaxshi ko‘ring va oila a’zolaringizning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini rag‘batlantirishga urining, bir oila ekanligingizni unutmang!


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Oilaviy baxt | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя