Главная » 2020 » Январь » 14 » Okean harorati rekord darajaga yetdi
21:46

Okean harorati rekord darajaga yetdi


2019 yilda Dunyo okeani harorati rekord darajaga yetdi. Bu esa global isishdan darak beradi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

Minnesotadagi Avliyo Tomas universiteti (AQSh) professori Jon Abraxamning ma'lum qilishicha, oxirgi 5 yil okean harorati oshishi bo‘yicha rekordchi yillar hisoblanadi.

Olimning ta'kidlashicha, okeanlar isishi kuchliroq shtormlarga olib keladi va suv aylanishini izdan chiqaradi. Bu esa ko‘proq toshqinlar, qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari hamda dengiz sathi ko‘tarilishiga olib keladi.

“Aynan okeanlar sizga Yer qanchalik tez qiziyotganini aytadi. Biz 2019 yil kuzatuvlar tarixidagi nafaqat eng issiq yil bo‘lgani, balki oxirgi o‘n yillikda eng katta bir yillik o‘sishni namoyish qilganini aniqladik”, deb aytgan Abraxam.     

Olimlarning ta'kidlashicha, asr oxirigacha dengiz sathi ko‘tarilishi 1 metrga yaqinni tashkil qilishi mumkin. Bu esa 150 mln kishining boshqa joylarga ko‘chib o‘tishiga olib keladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя