Главная » 2020 » Март » 12 » Olimlar alkogolizmga qarshi kurashning eng samarali usulini aytishdi
22:52

Olimlar alkogolizmga qarshi kurashning eng samarali usulini aytishdi


Stenford universiteti olimlari "12 qadam" dasturini alkogolizmga qarshi kurashda eng samarali usul deb atashdi. Tadqiqot natijalari Cochrane tizimli sharhlar ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi deya xabar beradi RIA Novosti.

Mutaxassislar alkogolizmdan aziyat chekayotgan o‘n mingdan ortiq odamlarning tibbiy tarixini tahlil qilishdi va deyarli barcha holatlarda "12 qadam" dasturi boshqa dasturlarga va kasallikni davolashning muqobil yondashishlariga qaraganda samaraliroq degan xulosaga kelishdi.

12 qadam dasturining turli xil versiyalari beshta mamlakatdagi turli xil odamlarga, shu jumladan urush qatnashchilari va ichuvchi oddiy fuqarolarga, yoshlar, keksa erkak va ayollarga yordam berishda teng darajada samarali bo‘ldi. Bu yondashuv haqiqatan ham ishlayotganidan dalolat beradi", – deya ta’kidladi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Keyt Xemfri.

Olimlar ushbu dasturning muvaffaqiyati uning ijtimoiy munosabatlarga va boshqa ishtirokchilarning hissiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligiga bog‘liq.

"12 qadam" — bundan 80 yil oldin ishlab chiqilgan alkogolizm bilan kasallangan odamlarni reabilitatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik modeli. "Qadamlar" deganda alkash asta-sekin ularni qabul qilib, amaliyotiga tadbiq etadigan va bu orqali ichkilikdan to‘liq forig‘ bo‘ladigan prinsiplarga aytiladi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя