Главная » 2020 » Июль » 6 » Olimlar antiseptik vositalarni salomatlikka zararini aniqlashdi
19:49

Olimlar antiseptik vositalarni salomatlikka zararini aniqlashdi


Tarkibida metanol mavjud antiseptik vositalarni qo‘llash jiddiy kasalliklarga va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Bu haqda AQSH oziq-ovqat va giyohvand moddalar agentligi (FDA) hisobotda ma’lum qilindi.

FDA bayonotiga ko‘ra, so‘nggi paytlarda etanol spirti nomi bilan mashhur etanolni o‘z ichiga olgan antiseptiklar tomonidan zaharlanish holatlari ko‘paygan. Testdan o‘tkazilgan teri preparatlarining ba’zi namunalari zaharlanish alomatlarini ko‘rsatgan. Ushbu modda zaharli hisoblanadi va teriga yoki tananing shilliq qavatiga tushsa, zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin.

Mutaxassislar metanol bilan zaharlanishning bir nechta holatini aniqlashdi. Ularning ta’kidlashicha, ayrim hollarda zaharlanishdan yoki odamlar ko‘r bo‘lib qoladi va yoki bu o‘limga ham olib kelishi mumkin. FDA iste’molchilarga xavfli antiseptiklarni sotib olishni to‘xtatishni va zaharlanishning birinchi alomatlari kuzatilganda tibbiy yordamga murojaat qilishni tavsiya qildi. Metanol ko‘ngil aynish, bosh og‘rig‘i, qisman yoki to‘liq hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Dozaning oshishi komaga yoki o‘limga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislarning alohida ta’kidlashicha, antiseptik vositalari bilan ko‘proq bolalarning zaharlanish ehtimoli yuqori. FDA jamoat joylaridan kelganda, hojatxonadan chiqqanda, aksirganda va ovqatdan oldin kamida 20 soniya davomida qo‘lni sovun bilan yuvish kerakligini eslatib o‘tdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: zararini aniqlashdi, antiseptik vositalarni, Salomatlikka, Olimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя