Главная » 2020 » Январь » 9 » Olimlar baxt uchun zarur 10 ta narsani ma’lum qilishdi
22:15

Olimlar baxt uchun zarur 10 ta narsani ma’lum qilishdi


1. Baxt nimadan iborat.

Tadqiqotchilarning aytishicha, ichki faktorlar (turmush sharoitlari, mablag‘ miqdori, ta’lim va boshqalar) to‘laqonli baxtning 10 foizidan iborat ekan. Bechora fermer yiliga 200 000 dollar maosh oladigan bankirdan ko‘ra baxtliroq, omadliroq bo‘lishi mumkin.
To‘laqonli baxtning 40 foizi genetik holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu hayotiy holatlarga mutlaqo aloqador bo‘lmaydi. Bunday odamlar tashvishlardan, yo‘qotishlardan keladigan azoblarni yengishga o‘zida kuch topishadi va o‘nglanib olishadi. 
To‘laqonli baxtning 50 foizi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilishida ko‘rinar ekan.

2. Baxtli bo‘lishga nima halaqit beradi?
Inson dastlab yaxshi baholar olishga, undan keyin katta oylik keltiruvchi ishga, yangi uyga, avtomobilga ega bo‘lishga intiladi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan hammasiga o‘rganib qoladi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, pul baxtga asos qo‘ya olar ekan. Lekin, ma’lum bir chegaragacha. Pul miqdori o‘sha chegaradan o‘tishi mumkin. Biroq, baxt darajasi oshmaydi. 50 million dollar mablag‘ga ega psixoterapevt Kley Kokrellning fikriga e’tibor bering: “Garchi katta boyligim bo‘lsada, ko‘nglim notinch. O‘zimni sog‘aymagan bemorlarim oldida gunohkordek his qilaman”. 
Baxtli bo‘lish uchun nima qilmoq kerak?

3. O‘zingiz uchun bo‘sh vaqt sotib oling. 
Kundalik yumushlarni haq to‘lash evaziga kimgadir topshiring. Va o‘sha vaqtni dam olishga sarflang.  

4. Yaqinlar bilan muloqot qiling, muhtojlarga yordam bering. 

Ученые рассказали о 10 вещах, которые необходимы для счастья (И даже назвали конкретную сумму денег)

Bu ham baxtning bir ko‘rinishi. Sizga yaqin bo‘lgan insonlar bilan dildan suhbatdan, muhtojlarga bergan ko‘maklaringizdan ruhingizning qanchalar yayrashingizni tasavvur ham qilolmaysiz.
 
5. Jiddiy qarorlar qabul qilishdan qo‘rqmang.
Yel universiteti professori Lori Santosning fikricha odamlar murakkab vaziyatlarga tushib qolishdan xavotir olganlari uchun ham o‘zgarishlardan, jiddiy qarorlar qabul qilishdan qo‘rqishadi.  Tadqiqotlar esa “Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir” ekanligini isbotlaydi. Amaliyot har qanaqa qiyinchilikni donolik va uddaburronlik bilan yengib ketish mumkinligini isbotlaydi.   

6. Meditatsiya qiling  

Ученые рассказали о 10 вещах, которые необходимы для счастья (И даже назвали конкретную сумму денег)

Olimlar meditatsiya yanada e’tiborli bo‘lishga, voqelikni chuqurroq tushunishga va baxtliroq bo‘lishga yordam berishini isbotlashgan.
 
7.  Kasbni maoshiga emas, ko‘nglingizga qarab tanlang
Baxtli odamlarning o‘z kasbida muvaffaqiyatlarga erishishi isbotlangan. Chunki, ko‘ngilga yoqqan ish doimiy ravishda mahoratni oshirib borishga ilhomlantiradi. 
Psixolog Martin Seligman ko‘ngilga yoqqan ish insonning kuchli taraflarini namoyish qiladi va inson bundan har kuni bahra oladi, deya izohlaydi.  

8. O‘z mikrobiomingizni quvvatlantiring

Ученые рассказали о 10 вещах, которые необходимы для счастья (И даже назвали конкретную сумму денег)

Inson tanasida mavjud bakteriyalar (mikrobiom) juda kuchli olam. Ular kishi kayfiyatiga, ruhiy holatiga ta’sir o‘tkaza oladi. Bu bakteriyalarga meva, sabzavotlar, kam miqdorda qora shokolad va kofe ijobiy ta’sir qiladi. Bundan foydalaning.  

9. Umurtqa pog‘onangizni tik ushlang
Hatto umurtqa pog‘onasini tik ushlash ham baxt hissiga ta’sir qilishini norveg olimlari isbotlashgan. Depressiyaga tushgan odamlarga e’tibor bering: egilib, bukilib, qayg‘urib yurishadi. Umrtqa pog‘onasini tik ushlash depressiyani yengishga ko‘maklashadi.

10. Psixoterapevtga murojaat qiling
Agar oilangiz katta va do‘stlaringiz ko‘p bo‘lsa, bunga hojat bo‘lmasligi ham mumkin. Aksincha bo‘lsa, psixoterapevtga borib o‘z ko‘nglingizdagilarni to‘kib solib, yengillashib olish mumkin. Bu ham baxt uchun ko‘mak bo‘ladi. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя