Главная » 2021 » Август » 11 » Olimlar: “Bitta tamaki inson umrini besh yarim daqiqaga qisqartiradi”
15:56

Olimlar: “Bitta tamaki inson umrini besh yarim daqiqaga qisqartiradi”


AQSh va Kanada institutlarining tadqiqotchilarining ma’lum qilishicha, har bir chekilgan tamaki donasi inson umrini 5 daqiqa-yu 30 soniyaga qisqartiradi. “Hayot” fuqarolik vakillik markaziga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Muntazam tamaki chekish taxminiy umr ko‘rish davomiyligini 4,7 yilga qisqartiradi”, — deyiladi xabarda.

Biroq olimlarning ogohlantirishicha, bu u qadar ishonchli ma’lumot emas va juda optimistik xarakterga ega.

AQSh Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish bo‘yicha markazi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha statistika bo‘yicha tamaki chekuvchi inson bu kabi zararli odati bo‘lmagan insondan 13-14 yil kamroq umr ko‘radi. Ta’kidlanishicha, har bir chekilgan tamaki inson umrini 5 daqiqa-yu 30 soniyaga qisqartiradi.

Bundan tashqari, Oksford universitetining tadqiqot guruhi rahbari Richard Petoning so‘zlariga ko‘ra, keksayguniga qadar tamaki chekishni tashlagan insonlar o‘z umrini 10 yilgacha uzaytirishi mumkin.

Avvalroq Yangi Zelandiya 2025-yilgacha tamaki mahsulotlariga butunlay taqiq qo‘yishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Inson, olimlar, qisqartiradi, tamaki, daqiqaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя