Главная » 2020 » Сентябрь » 6 » Olimlar insonning eng baxtsiz yoshini aniqlashdi
13:22

Olimlar insonning eng baxtsiz yoshini aniqlashdi


Dartmut kolleji va Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi (AQSh) olimlari qaysi yoshda odam umrining eng baxtsiz damlarini kechirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari byuro saytida e’lon qilingan.

Mutaxassislar 132 mamlakat ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi. Turli yoshdagi odamlardan turmushidan qoniqish darajasini baholash so‘ralgan. Buni qarangki, odam hayotidagi eng baxtli lahzalar 18-20 yoshlarga to‘g‘ri kelar ekan. So‘ng vaziyat yomonlashib, taxminan 47-48 yoshlarda eng yuqori cho‘qqisiga yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda 47 yoshda, rivojlanayotgan davlatlarda 48 yoshda, Rossiya, Xitoy va Meksikada 43 yoshda inqiroz boshlanishi qayd etilgan. Bunday holat 60 yoshgacha davom etadi. Shundan keyin yana ko‘tarilish yuz beradi va 70 yoshda odamlar yana hayotdan zavq ola boshlaydilar.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu tashqi omillarga emas, organizmdagi biokimyoviy jarayonlar va gormonlar darajasiga bog‘liq.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: eng baxtsiz, aniqlashdi, Olimlar, yoshini, insonning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz