Главная » 2020 » Апрель » 24 » Olimlar ko‘rshapalaklar va koronavirus o‘rtasidagi bog‘liqlikni topdi
14:05

Olimlar ko‘rshapalaklar va koronavirus o‘rtasidagi bog‘liqlikni topdi


Chikagoda joylashgan Fild nomidagi tabiiy tarix muzeyi olimlari viruslar va qo‘lqanotlilar birgalikda millionlab yil oldin evolyutsiyaga uchraganini aniqladi, deb xabar beradi Scientific Reports.

Tadqiqotchilar Hind okeanining g‘arbiy qismi va Mozambik qirg‘oqlari yaqinidagi ko‘rshapalaklar organizmidan topilgan 36 tur namunani tahlil qilib ko‘rgan. Ma’lum bo‘lishicha, jonzotlarning sakkiz foizida koronavirus aniqlangan.

Biologlar viruslarning “geneologik shajarasini” yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Sxemaga ko‘ra, koronaviruslarning har xil turlari o‘zaro bog‘liq.

Olimlar ko‘rshapalaklar va koronaviruslar urug‘ va oila darajasida birga bo‘lganini taxmin qilmoqda.

Shuningdek, aniqlanishicha, o‘zaro farq qiluvchi turlar o‘rtasida viruslarning tarqalishi bevosita aloqa vaqtida juda kam uchragan. Biroq shunga qaramay, infeksiya yuqishiga olib keladigan ekologik, biologik va molekulyar omillar mavjud bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, ushbu ish asosida sog‘liqni saqlash dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Avvalroq inson yangi turdagi SARS CoV-2 shtammi (COVID-19 koronavirus kasalligini keltirib chiqaruvchi)ni maymunlarga yuqtirishi mumkinligi ma'lum bo'lgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ko‘rshapalaklar, olimlar, Koronavirus, bog‘liqlikni topdi, o‘rtasidagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя