Главная » 2020 » Ноябрь » 25 » Olimlar koronavirus epidemiyasini olti hafta ichida yengish usulini ma’lum qildi
09:03

Olimlar koronavirus epidemiyasini olti hafta ichida yengish usulini ma’lum qildi


75 foiz aholini har uch kunda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga ekspress-testlar orqali tekshirish pandemiyaga olti hafta ichida barham berishi mumkin. Bu haqda Boulderdagi Kolorado universitetining Garvard sog‘liqni saqlash maktabi tadqiqotchilari ma’lum qilgan, deya xabar bergan Business Insider.

“Bizning umumiy xulosamiz shundan iboratki, masala sog‘liqni saqlash haqida ketganidan ertaga yana ham ta’sirchan testlar o‘tkazmaslik uchun hozirning o‘zida ta’sirchanligi nisbatan pastroq testlarni o‘tkazish zarur”, – degan Kolorado universiteti informatika professori, tadqiqotlar muallifi Daniel Larremor.

Science Advances’da e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, tezkor testlar garchi ishonchlilik darajasi past bo‘lsa ham, hukumatlarning maqsadga muvofiq bo‘lgan choralar ko‘rishiga turtki beradi, nafaqat cheklov choralari qo‘llanilishi, balki ommaviy ravishda qilinadigan ishlar ham belgilab olinadi.

Shuningdek, tezkor testlar nisbatan arzonga tushadi va natijani ikki kun emas, balki bir necha daqiqa ichida ko‘rsatishi mumkin.

Olimlarning qayd etishicha, agar AQShda aholi har kuni test qilinganida, musbat natija ko‘rsatganlar izolyatsiya qilinar va bu koronavirusga qarshi kurashdagi katta qadam bo‘lar edi.

“Barchaga uyda qolishni tavsiya etish o‘rniga bir nafar infeksiya yuqtirgan odamni xonadonida izolyatsiyada qoldirib, qolganlar odatiy hayot tarzini kechirishiga sharoit yaratish mumkin edi”, – deya qo‘shimcha qilgan Larremor.

Matematik modellashtirishga asoslangan tadqiqotlar aholining 75 foiz qismida ekspress-testlarning har uch kunda o‘tkazilishi yakunda kasallanish ehtimolini 88 foizga tushirishi va olti hafta ichida epidemiyani yengib o‘tishni ta’minlashi mumkinligini ko‘rsatgan.

“Ushbu tezkor testlar kasallanish, boshqalarni zararlash ko‘rsatkichini belgilaydi. Ular boshqalarni kasallantirishi mumkin bo‘lgan kishida favqulodda tezkor ravishda COVID-19’ni aniqlaydi”, – degan olimlar.

Eslatib o‘tamiz, avval taxmin qilinganidan ikki baravar ko‘proq aholida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitet mavjudligi ma’lum bo‘lgan. Ilgari COVID-19 bilan og‘rimagan ko‘plab odamlar avvalgi shamollashlarda orttirilgan immunitetlari sabab infeksiyadan himoyalanganligi qayd etilgan edi.

Avval Oksford universiteti olimlari koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘limlar sonini qanday qilib 75 foizga kamaytirish mumkinligini aniqlagani xabar qilingandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma’lum qildi, epidemiyasini, yengish, usulini, olimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя