Главная » 2020 » Июль » 16 » Olimlar koronavirus homiladorlik vaqtida onadan bolaga o‘tishini isbotladi
12:14

Olimlar koronavirus homiladorlik vaqtida onadan bolaga o‘tishini isbotladi


Tadqiqotlar jarayonida mutaxassislar COVID-19 homilador ayoldan homilaga o‘tishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Parij kasalxonasining shifokori Antuan Bekler Daniyel De Luka’ga asoslanib, The Jakarta Post xabar berdi.

“Biz aniqladikki, koronavirus homiladorlikning so‘nggi haftalarida onadan homilaga yo‘ldosh orqali o‘tish mumkin”, – deydi De Luka.

Ta’kidlanishicha, Antuan Bekler jamoasi koronavirus tashxisi bilan shifoxonaga kelgan homilador ayolni nazoratga olgan. Ayol kesarcha kesish usuli bilan o‘g‘il farzand dunyoga keltirgan.

Bola tug‘ilganidan bir kun o‘tib, COVID-19 alomatlari va miyada o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlagan.

Ammo uch haftadan so‘ng, yangi tug‘ilgan bola deyarli to‘liq tuzalgan. Uch oydan keyin chaqaloqning onasi bu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Oksford universiteti professori Mariana Naytning aytishicha, koronavirus bilan kasallangan ayollar dunyoga keltirgan chaqaloqlari orasida 1 yoki 2 foizi ushbu kasallik bilan tug‘ilishi mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olimlar, Koronavirus, homiladorlik vaqtida, o‘tishini, onadan bolaga, isbotladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя