Главная » 2021 » Ноябрь » 4 » Olimlar koronavirus pandemiyasi birinchi bo‘lib yengib o‘tadigan mamlakatlar nomini ma’lum qildi
20:21

Olimlar koronavirus pandemiyasi birinchi bo‘lib yengib o‘tadigan mamlakatlar nomini ma’lum qildi


AQSh, Buyuk Britaniya, Portugaliya va Hindiston 2022-yilda koronavirus pandemiyasidan chiqib ketishi mumkin. Bu kabi prognozlarni 3-noyabr kuni Reuters agentligi bir qator taniqli ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga tayanib ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar vaksinatsiyaning yuqori darajasi va koronavirusga chalingan odamlar o‘rtasida tabiiy immunitetning ma’lum bir kombinatsiyasiga ega bo‘ladi. Mazkur davlatlarda COVID yana bir mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin.

“Bugungi kundan 2022-yil oxiriga qadar bo‘lgan davrda ushbu virus ustidan nazoratni qo‘lga olishimiz, og‘ir kasallik va o‘lim holatini sezilarli darajada pasaytirishimiz mumkin bo‘ladigan vaqt keladi deb hisoblaymiz”, — deydi JSST bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxove.

Shu bilan birga, mutaxassislarning ogohlantirishicha, COVID-19 yana uzoq yillar sayyora aholisining o‘limini asosiy sababiga aylanib qoladi. Olimlarning bir qismini fikricha, koronavirus qizamiq kabi bo‘lib qoladi: vaksinatsiya darajasi past bo‘lgan aholi guruhlari o‘rtasida epidemiyalarni keltirib chiqaradi. Boshqa tomonning fikricha, COVID-19 katta ehtimol bilan gripp kabi bo‘lib qoladi.

“Ayrimlar ‘qiyomat kuni ssenariysi’ deb atayotgan ehtimolni hech kim to‘liq istisno etmayapti, virus shu qadar mutatsiyaga uchraydiki, qiyinchilik bilan erishilgan immunitetdan chetlab o‘ta boshlaydi”, — deydi ekspertlardan biri.

Avvalroq AQShda olimlar turli xildagi koronaviruslarga qarshi tura oladigan antitanani aniqlagani, olimlar COVID-19 ga qarshi o‘ta kuchli immunitet hosil qilish yo‘lini ma’lum qilgani, koronavirusning organizm bo‘ylab tarqalishi videoga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘tadigan, Mamlakatlar, Koronavirus, Olimlar, nomini, pandemiya, yengib, Birinchi, qildi, ma’lum, bo‘lib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя