Главная » 2020 » Май » 9 » Olimlar koronavirus tarqalishining asosiy kanalini aniqladi
11:59

Olimlar koronavirus tarqalishining asosiy kanalini aniqladi


Koronavirusning dunyo bo‘ylab keng tarqalishida aviaqatnovlar muhim rol o‘ynagan. Bu haqda Braziliyadagi Baiya federal universiteti tadqiqotida aytiladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Qayd etilishicha, olimlar kasallik tarqalishiga ijtimoiy-iqtisodiy, iqlimga oid hamda transport faktori ta’sirini tahlil qilgan.

Tadqiqotchilar xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatgan mamlakatlar kasallik bilan kurashishda hozirga qadar aviaqatnovlarni davom ettirayotgan mamlakatlarga nisbatan ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan, degan xulosaga keldi.

Olimlarning fikricha, yo‘lovchi tashishning cheklanishi va chegaralarning yopilishi kasallanganlar sonining kamayishiga olib keladi. Shuningdek, test tizimini takomillashtirish va samolyotlar bortidagi nazoratni kuchaytirish virus tarqalishining oldini olishi qayd etilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: asosiy kanalini, Koronavirus, tarqalishining, olimlar, aniqladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя