Главная » 2020 » Ноябрь » 1 » Olimlar koronavirusga antitanacha qancha «yashashi»ni aniqlashdi
23:27

Olimlar koronavirusga antitanacha qancha «yashashi»ni aniqlashdi


COVID-19ni yengil va og‘ir shaklda boshidan o‘tkazgan odamning organizmida antitanacha bir necha oy davomida saqlanib qoladi. Tegishli tadqiqot natijalari Amerikaning «Science» jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar yangi infeksiyani yengil yoki o‘rta shaklda boshidan o‘tkazgan 30 082 bemor ko‘rsatkichlarini o‘rganishdi. Natijada ishtirokchilarning hammasida virusga nisbatan barqaror immun javob borligi ma’lum bo‘ldi.

So‘ngra olimlar ulardan 121 nafarining tahlil namunalarini uzoq vaqt davomida kuzatishib, organizmda barqaror antitanachalar besh oy davomida saqlanib qolganini aniqlashdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, avvallari uzoq muddatli immunitet asosan COVID-19ni og‘ir shaklda o‘tkazgan bemorlarda qayd etilgandi.

Tadqiqotchilarning fikricha, antitanachaning borligi koronavirusdan to‘liq himoyani kafolatlamaydi, biroq takroriy yuqish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusga, olimlar, antitanacha, aniqlashdi, yashashi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя