Главная » 2020 » Июнь » 11 » Olimlar koronavirusga chalingan sartaroshlarning siriga qiziqib qoldi
21:29

Olimlar koronavirusga chalingan sartaroshlarning siriga qiziqib qoldi


AQSHdagi sartaroshxonada koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy niqoblarning samaradorligini tasdiqlovchi holat o‘rganilmoqda. Springfild shahridagi sartaroshxonalardan birida ishlovchi ikki nafar sartaroshida infeksiya aniqlandi. Ular buni shamollash alomati deb o‘ylashdi va ishlashda davom etishdi. Shunga qaramay, birorta ham mijozga infeksiya yuqtirishmadi. Hatto ularning hamkasblari ham kasallik bilan zararlanishmadi.

Olimlar va rasmiylar bu holat bilan qiziqib qoldi. Aniqlanishicha, kasallik davrida 140 mijoz qabul qilingan. Mijaozlarning barchasi testdan o‘tkazildi – javob esa salbiy chiqdi. Ularni infeksiyadan qutqara ogan yagona narsa niqoblar bo‘lib chiqdi. O‘sha paytda tibbiy niqoblarni sartarosh ham, mijozlarning o‘zlari ham taqib olishgan.

“Bu Covid-19 profilaktika niqoblarining ahamiyati haqidagi hayajonli yangilik", tuman sog‘liqni saqlash boshqarmasi direktori Kley Goddard.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 2 mln dan oshdi. Infeksiya oqibatida 112 925 bemor vafot etgan bo‘lsa, 533 504 nafari shifo topgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olimlar, qiziqib qoldi, siriga, sartaroshlarning, koronavirusga chalingan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя