Главная » 2020 » Июнь » 21 » Olimlar koronavirusga immunitet qancha uzoq saqlanishini aniqlashdi
13:31

Olimlar koronavirusga immunitet qancha uzoq saqlanishini aniqlashdi


Koronavirusga chalinganlarda undan immunitet oz vaqt saqlanib qoladi. Bu esa dunyo yetakchilarini “immunitet pasporti” kiritish g‘oyasini qayta ko‘rib chiqishga undashi mumkin.

Xitoyning Chutsin tibbiyot universiteti olimlari koronavirusni boshdan o‘tkazganlar bilan tadqiqot o‘tkazib, ulardan aksariyatida 8 haftadan keyin virusga antitanalar kamayishiini aniqlashgan. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi. 

Olimlarning aytishicha, antitanalar koronavirusni alomatlarsiz boshdan kechirganlarda tezroq yo‘qolar ekan.

“Bu natijalar esa ommaviy immunitet ishlab chiqilishi imkoniyatini va virus ustidan to‘liq g‘alabaga erishish mumkinligini shubha ostiga qo‘yadi”, deb ta'kidlab o‘tishgan olimlar.

Olimlar o‘z xulosalarini koronavirusni alomatsiz o‘tkazgan 37 kishi va kuchli ifodalangan alomatlar bilan o‘tkazgan 37 kishini kuzatish asosida chiqarishgan.  

“Kuzatuvning 8 haftasi ichida antitanalar 81 foiz alomatsiz hamda 62 foiz alomatlarga ega bemorlarda kamaygan. Bundan tashqari, antitanalar miqdori 40 foiz alomatsiz holatlarda aniqlanmaydigan darajagacha kamayib ketgan. Bunday yo‘qotish  12,9 foiz alomatlarga ega bemorlarda qayd qilingan”, deyilgan tadqiqotda.  

Olimlarning ta'kidlashicha, qayta kasallanish bu vaqt masalasidir, virusga barqaror immunitet, ayniqsa koronavirusni alomatsiz kechirganlarda, ishlab chiqilmaydi. Vaqtinchalik immunitet esa 2-3 oydan ko‘proqqa yetmaydi. 

Olimlarning aytishicha, ular virus ta'sirining muhim jihatlarini, jumladan inson organizmining unga immun reaksiyasini hali ham o‘rganishmoqda. Ular oladigan javoblar vaksinani ishlab chiqishda va aholida immunitet shakllanishi sur'atlarini baholashda yordam beradi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olimlar, qancha uzoq, saqlanishini aniqlashdi, koronavirusga immunitet | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя