Главная » 2020 » Июль » 9 » Olimlar koronavirusni yo‘q qilishga qodir havo filtrini yaratdi
18:29

Olimlar koronavirusni yo‘q qilishga qodir havo filtrini yaratdi


Xyuston universiteti olimlari koronavirusni tutib qolib, uni bir zumda o‘ldirishga qodir havo filtrini yaratdi. Mazkur ixtiroda 200 darajagacha qiziydigan nikel ko‘pigidan foydalanilgan, deb yozadi “Medikforum”.

Ta’kidlanishicha, Galveston milliy laboratoriyasida o‘tkazilgan testlar natijasida sotuvda bo‘lgan nikel ko‘pigi orqali o‘tgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusining 99,8 foizi halok bo‘lgan. Shuningdek, filtr Sibir kuydirgisining 99,9 foizini yo‘q qila olgan.

“Mazkur filtr koronavirus tarqalishini to‘xtatish yo‘lida aeroportlar va samolyotlarda, binolar ichidagi ofislarda, maktablar va sayohat kemalarida foyda berishi mumkin”, — deydi tibbiyot fanlari doktori Chjifeng Ren.

Shuningdek, olimlar stol ustiga o‘rnatilib, ofisdagi xodimlar uchun havoni tozalab berishga qodir modelni ham tadqim etmoqda.

Avvalroq Bahraynda koronavirusni yo‘q qila oladigan robot yaratilgani, Ford esa politsiyachilar avtomobilida koronavirusni o‘ldiradigan tizimni ishga tushirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yaratdi, qodir, havo filtrini, olimlar, koronavirusni yo‘q qilishga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя