Главная » 2020 » Октябрь » 6 » Olimlar koronavirusning foydali xususiyatini kashf etishdi
16:36

Olimlar koronavirusning foydali xususiyatini kashf etishdi


2020-yil mobaynida insoniyatni qo‘rquvga solib kelayotgan o‘lim virusi (koronavirus)ning ham birgina bo‘lsa-da foydali xususiyati bor ekan. Ana shunday to‘xtamga kelgan Arizona universiteti (AQSh) olimlari «Pain» jurnalida maqola chiqarishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, SARS-CoV-2 og‘riqni yengillashtirish xususiyatiga ega. Olimlarga ko‘ra, koronavirusning ayni shu «anestetik» ta’siri sababli ayrim bemorlar kasallikni hech qanday og‘riq va simptomlarsiz, oyoqda o‘tkazib yuborishadi, shuning barobarida boshqalarga yuqtiruvchi bo‘lib qolaverishadi.

Og‘riq qoldirish effektining sababchisi sifatida koronavirusning inson hujayralariga kirishini ta’minlovchi S-oqsil ko‘rilmoqda. Ushbu birikma og‘riq hissini shakllantiruvchi signallarni bosish xususiyatiga ega. Ya’ni S-oqsil nafaqat ASE2 retseptori, balki neyronlardagi membrana oqsili — neyropilin-1  bilan ham bog‘lana oladi.

Qon tomirlari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda saraton va revmatoidli artrit kabi kasalliklar bilan bog‘liq Alfa tomirlar endoteliysi o‘sishi omili (VEGF-A) ham neyropilin-1 bilan aloqador. Ayni holatda neyronlarning gipersezuvchanligi yuzaga kelib, kuchli og‘riq turadi. S-oqsil bilan bog‘lanish esa bu og‘riqli effektni to‘xtata olishi mumkin.

Arizonalik olimlar koronavirusning ushbu xususiyati fanga xizmat qilishidan umidvor, chunki juda ko‘plab olimlar kelgusida neopioid dorilar yordamida og‘riq qoldirishda neyropilin-1dan foydalanish yo‘llarini ham qidirishayotgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kashf etishdi, xususiyatini, foydali, koronavirusning, olimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя