Главная » 2020 » Декабрь » 26 » Olimlar koronavirusning g‘ayrioddiy usulda tarqalishidan xabar topishdi
14:39

Olimlar koronavirusning g‘ayrioddiy usulda tarqalishidan xabar topishdi


Janubiy Koreya olimlari koronavirus ko‘p qavatli uylar ventilyasiyasi orqali tarqay olishini aniqlashdi.

«Science Direct» portali yozishicha, Seulda ko‘p qavatli uyning turli qavatlarida yashovchi bir nechta oila bir paytning o‘zida COVID-19ga chalinishi ortidan sir ham ochilgan.

Avvaliga oltinchi qavatda yashovchi ayol va uning oilasi topshirgan test musbat chiqdi, keyin to‘rtinchi va beshinchi qavatlarda yashovchi qo‘shnilarniki. Oxirida 10 va 11-qavatlardagi oilalar ham kovidni yuqtirgani ma’lum bo‘ldi.

Kasallanganlarning barchasi bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishmaganini, ikki nafari hatto liftdan ham foydalanmaganini aytgan.

Mutaxassislar bu uydagi barcha xonadonlar umumiy ventilyasiya tizimi bilan bog‘langaniga e’tibor qaratishdi, virus, ularning fikricha, xonadonlarga vannaxonalardagi tirqishlar orqali sizib kirgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusning, xabar topishdi, tarqalishidan, g‘ayrioddiy, olimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя