Главная » 2021 » Январь » 26 » Olimlar koronavirusning «irqchi» ekanini aniqlashdi
12:36

Olimlar koronavirusning «irqchi» ekanini aniqlashdi


COVID-19 xastaligi oqibatida kuzatilayotgan o‘lim ko‘rsatkichi turli irq vakillarida farqlanmoqda. Buyuk Britaniya olimlarining xulosasiga ko‘ra, osiyoliklar hamda qora tanli aholi vakillari koronavirusdan ko‘proq o‘lim topmoqda.

Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti hamda Barts Health NHS Trust jamg‘armasi Britaniya poytaxtidagi o‘lim holatlarini tadqiq etdi. Turli yoshdagi bir necha ming chog‘li kovid bemorlariga doir tibbiy qaydlar jiddiy o‘rganib chiqildi.

Izlanishlar yakunida osiyolik bemorlar orasida o‘lim holati 1,49 baravar, qora tanlilarda esa 1,3 baravar ko‘proq uchrayotgani aniqlandi. Bundan tashqari, oq tanlilar boshqa irq vakillariga qaraganda kovidni nisbatan yengilroq o‘tkazishi ham qayd etildi. Ma’lum bo‘lishicha, osiyoliklar (1,54 baravar) hamda qora tanlilar (1,8 baravar) ko‘proq sun’iy nafas uskunasiga ulangan.

Barts Health NHS Trust vakili, doktor Yize Van shifoxonalarda davolangan negroid va osiyo irqi vakillari yevropeoidlarga nisbatan yoshroq bo‘lganiga ham e’tibor qaratgan.

Virusologlar ushbu «notenglik»ni inson immun tizimida genlarning xususiyati bilan izohlamoqdalar. Qolaversa, Buyuk Britaniya poytaxtida yashovchi qora tanli hamda osiyoliklarning ijtimoiy-moliyaviy holati, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati oq tanlilarga qaraganda ancha past ekanini ham unutmaslik lozim.

Qayd etish o‘rinliki, koronavirus pandemiyasi davrida Buyuk Britaniyada yashovchi osiyoliklar hamda qora tanlilar mahalliy aholiga qaraganda ko‘proq ish joylarini yo‘qotgan edi. Anglii va Uels kasaba uyushmalariga ko‘ra, bu borada «oqlar» va «qoralar» tafovuti 26 baravarni tashkil etadi.

London universiteti hamda Barts Health NHS Trust jamg‘armasi o‘tkazgan tadqiqotdan so‘ng mamlakat hukumati oz sonli millatlar, osiyoliklar hamda qoratanlilarga tibbiy xizmatlardan foydalanish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar berishi kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 100 million 286 ming kishini tashkil etmoqda. Virus tufayli o‘lim holati esa 2 million 150 mingga yaqinlashib qoldi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusning, irqchi, olimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя