Главная » 2020 » Октябрь » 8 » Olimlar koronavirusning odam terisida qancha yashashini isbotlashdi
10:27

Olimlar koronavirusning odam terisida qancha yashashini isbotlashdi


SARS-CoV-2 koronavirusi odam terisida gripp virusiga qaraganda besh baravar uzoqroq faolligini saqlab qoladi, deb yozadi «Clinical Infectious Diseases» jurnali.

Kioto prefekturasi universiteti olimlari tomonidan yaratilgan model odam terisida patogenlarni xavfsiz klinik sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Tadqiqotchilar yuqori nafas yo‘llari shilliq qavati yoki madaniy muhit bilan aralashgan SARS-CoV-2 va A grippi virusi (IAV) barqarorligini taqqoslab ko‘rishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ikkala virus ham temir, shisha yoki plastikdan ko‘ra terida tezroq faolligini yo‘qotarkan. Odam terisida SARS-CoV-2 virusi o‘rtacha 9,04 soat, IAV virusi esa 1,82 soatgacha faolligini saqlab qoladi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, dezinfeksiya odam terisidagi ikkala virus zarralarini ham bir xil bartaraf etishini isbotlashdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusning, olimlar, odam terisida, yashashini, isbotlashdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя