Главная » 2020 » Март » 26 » Olimlar koronavirusning tez tarqalishi sababini aniqladi
16:30

Olimlar koronavirusning tez tarqalishi sababini aniqladi


Gonkong mikrobiologlarining fikriga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasini yuqtirgan odam bir hafta ichida boshqalarga yuqtirishi mumkin bo‘ladi. Undan keyingi haftalar oralig‘ida yuqish ehtimoli kamayadi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar bermoqda.

Olimlar virus yuqtirganlarning so‘lagini tahlil qilgandan so‘ng shunday xulosaga kelgan. Namunalardagi “virusli yuk” darajasi birinchi haftada juda yuqori bo‘lgan va undan keyin haftada uning ta’sir doirasi kamaygan.

Infeksiya yuqqanidan keyingi dastlabki yetti kun ichida “virusli yuk” virusni bir odamdan ikkinchisiga oson yuqishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 472 076 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 21 308 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 114 870 virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя