Главная » 2020 » Июнь » 12 » Olimlar koronavirusning yangi kutilmagan alomatini aniqlashdi
20:26

Olimlar koronavirusning yangi kutilmagan alomatini aniqlashdi


Angliyaning Liverpul Qirollik universiteti shifoxonasi olimlari oshqozonosti bezi kasalliklaridan qiynalayotgan odamlarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi alomatni aniqlashdi. Tadqiqot natijalari «Gastroenterology» jurnalida chop etildi.

Bemorlarning bir guruhida, asosan ortiqcha vazn va semizlikdan qiynalayotgan yoshlarda kutilmaganda umumiy yallig‘lanish hamda qon tarkibida ko‘p qand va yog‘ topilgan. Garchi alomatlar mazkur kasallikka xos bo‘lmasa-da, bu holat pankreatit bilan og‘riyotgan bemorlarga ishora qilgan. Ushbu kashfiyot bemorlarga pankreatit tashxisini ertaroq qo‘yishga yordam berishi mumkin.

O‘tkir pankreatit — oshqozonosti bezi yallig‘lanishi bo‘lib, u qorinning tepa qismidagi og‘riqlar, ich ketishi va qayt qilishlar bilan kechadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aniqlashdi, yangi kutilmagan alomatini, olimlar, koronavirusning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя