Главная » 2020 » Май » 11 » Olimlar Marsdan Yerga tushishi mumkin bo‘lgan viruslardan ogohlantirdi
17:34

Olimlar Marsdan Yerga tushishi mumkin bo‘lgan viruslardan ogohlantirdi


Stenford universiteti professori Skott Xabbard Marsdan Yerga sayyora namunalari bilan yangi viruslar tushishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi

Olimning so‘zlariga ko‘ra, boshqa sayyoradan viruslarning tuproq, kosmik kemalar, shuningdek, astronavtlar bilan Yerga tushishiga imkon bermaydigan muayyan protokollarni ishlab chiqish kerak.

“Barcha tizimlar qator kimyoviy tozalashlardan o‘tkazilishi, shuningdek, issiq sterilizatsiya qilinishi kerak. Namunalar solingan probirkalar xuddi ularda Ebola virusi bordek ishlov berilishi lozim”, — deydi Xabbard.

Shu bilan birga professor Mars yuzasidan terib olingan toshlar bilan virusning olib kirilishi ehtimoli juda kamligini qayd etdi.

NASA taxminan 2035-yilda odamlarni Marsga jo‘natishni rejalashtirmoqda.

.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olimlar, ogohlantirdi, Marsdan, Yerga, viruslardan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя