Главная » 2020 » Февраль » 29 » Olimlar muhabbatni ilmiy jihatdan o‘rganib chiqishdi. Xulosa qanday?
09:07

Olimlar muhabbatni ilmiy jihatdan o‘rganib chiqishdi. Xulosa qanday?


Sevgi-muhabbat fiziologiyasi chuqur o‘rganilmagan bo‘lsa-da, olimlar bu haqida diqqatga sazovor alomatlarni va ularning mantiqiy manbalar bilan bog‘liqligini kuzatishgan. 

Texas universitetining inson ekologiyasi kafedrasi dotsenti Timoti Laving shunday deydi: “bir odamni boshqasiga jalb qilish jarayonining bir qismi fiziologik qo‘zg‘alish bilan chambarchas bog‘liq. – Odatda, bu yurakning tez urishi, terlash va shunga o‘xshash “bezovta qiluvchi” belgilar bilan boshlanadi.

Filadelfiyadagi Tomas Jefferson universiteti shifoxonasida elektrofiziolog va tibbiyot bo‘yicha dotsent, doktor Reginald Xo shunday deydi: “Sevgan insoningizga qaraganingizda yuragingiz tez ura boshlaydi, bu adrenalin shovqini tufayli bo‘ladi. – Bu qanday ishlaydi? Miya adrenalin va norepinefrin kabi stress va hayajon gormonlarini ishlab chiqaradigan adrenal bezlarga signallarni yuboradi. Ular qon orqali yurakka borib, uni tezroq va kuchliroq urishiga undaydi”.

Reginald Xo jiddiy yurak xastaligi bo‘lgan insonlar uchun sevgi xavfli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Buning sababi shundaki, yurak urish tezligi oshganda yurak ko‘proq kislorod iste’mol qiladi. Bu qon tomirlari trombi yoki yurak xurujiga uchragan insonlar uchun xavflidir. Ammo, yaxshi dorilar, albatta, adrenalin reaksiyasini bartaraf etishga yordam beradi.

Shu bilan birga “norepinefrin – diqqat-e’tibor va javob reaksiyalari uchun javob beruvchi stress gormoni – tizzalarda zaiflik sezilishiga olib keladi”, – degan Helen Fisher. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki,  “telbalarcha sevib qolgan” insonlarning miyasida, organizmida energiya, motivatsiya, eyforiya keltirib chiqaruvchi baxt gormoni – dofamin ortgan aniqlangan.


Manba: "xabardor.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя