Главная » 2021 » Январь » 8 » Olimlar o‘ta xavfli kasallikning oldini oladigan ichimlikni topishdi
08:00

Olimlar o‘ta xavfli kasallikning oldini oladigan ichimlikni topishdi


Zanjabil choyi kuchli shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lib, bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi, xolesterin darajasini hamda saraton xavfini kamaytiradi.

Ko‘plab tadqiqot natijalari zanjabilning saratonga qarshi xususiyatlari haqida dalolat beradi, deb yozadi «Express» nashri.

Zanjabilning afzalliklari o‘simlik ildizi tarkibidagi gingerol moddasi bilan izohlanadi. Mutaxassislarning fikricha, ko‘k choy bilan qo‘shilganda zanjabilning foydasi ikki baravar ortadi.

Tadqiqotda 30 kishi ishtirok etgan. Ular kuniga ikki grammdan zanjabil ekstraktini qabul qilishgan. Natijada ichak saratoni xavfi kamayishi qayd etildi. Bundan tashqari, zanjabil tarkibidagi salitsilat yuqori qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi.

O‘simlik og‘riq qoldiruvchi tabiiy vosita sifatida ishlatilishi mumkin. U, shuningdek, immunitetni ham mustahkamlaydi. Bu, o‘z navbatida, organizmga turli kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradi.

Olimlar zanjabil choyini haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish jig‘ildon qaynashi va ich ketishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kasallikning, o‘ta xavfli, ichimlikni, olimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя