Главная » 2021 » Январь » 13 » Olimlar oltinning dorivor xususiyatlarini kashf etishdi. Ammo bir muammo bor...
22:40

Olimlar oltinning dorivor xususiyatlarini kashf etishdi. Ammo bir muammo bor...


Oltin tarkibidagi inert nanozarralar xastalik keltirib chiqaradigan bakteriyalarni yo‘q qilishga qodir bo‘lib zararli mikroorganizmlarga qarshi kurashda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Ispaniyaning Rovira va Virxiliy universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazishib, xuddi shunday xulosaga kelishdi.

“Ma’lum bo‘lishicha, nanozarralar hujayra devorlarini deformasiyalashga qodir”, deb xabar bermoqda “Wiley Online Library”.

Ta’kidlanishicha, laboratoriyada sochlardan sakkiz marta ingichka bo‘lib chiqqan nanozarralar sintez qilingan va bunday zarrachalar mavjud bo‘lganda hujayra devori ularning "bosimiga" dosh berolmasligi bois bakteriyalarning deformasiyalanishi aniqlangan.

Muammo shundaki, juda qimmat metalligi bois oltindan xastaliklarning oldini olish uchun biror bir tarzda foydalanish mumkin yoki yo‘qligi hali aniq emas.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kashf, olimlar, oltinning, dorivor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя