Главная » 2021 » Февраль » 21 » Olimlar qarishni to‘xtatadigan dorini topdi
11:46

Olimlar qarishni to‘xtatadigan dorini topdi


Yaponiyalik olimlar qarishni to‘xtata oladigan va tanani yoshartiradigan dorini aniqladi. 

Tokio universitetining Tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti professori Makoto Nakanisiga ko‘ra, kelasi besh-o‘n yillikda ushbu doridan foydalanish boshlanishi mumkin. 

Qayd etilishicha, yoshga bog‘liq qarish organlarda yallig‘lanish jarayonlarini qo‘zg‘atadigan hujayralar to‘planishi bilan bog‘liq. Ushbu hujayralardan biri qarigan yoki senessent hujayra deb nomlanadi. 

Aynan ular vaqt o‘tishi bilan bo‘linish qobiliyatini yo‘qotib, organlarda to‘planadi va qarishga olib keladi. 

"Agar bu hujayralar olib tashlansa, ular qo‘zg‘atadigan yallig‘lanish jarayonlarini to‘xtatish va natijada qarish alomatlarini sezilarli yaxshilanishiga erishish mumkin bo‘ladi", deb tushuntirgan olim. 

Aniqlanishicha, qarigan hujayralar glutaminni glutamik kislotaga aylantiradigan GLS1 fermentiga muhtoj ekan. 

Ta’kidlanishicha, ushbu fermentning ingibitoridan foydalanish orqali qarishni qo‘zg‘atadigan hujayralarni yo‘q qilish mumkin. 

Ushbu gipotezani sinab ko‘rish uchun olimlar qari sichqonchada tajriba o‘tkazgan. Natijada sichqonchaning buyraklari, jigari va o‘pkalari ishlashi yaxshilangan va umuman uning tanasi kuchaygani sezilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: topdi, to‘xtatadigan, qarishni, dorini, olimlar | Рейтинг: 4.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя