Главная » 2021 » Январь » 21 » Olimlar qonda qand miqdorini kamaytiradigan mahsulotni aniqlashdi
09:02

Olimlar qonda qand miqdorini kamaytiradigan mahsulotni aniqlashdi


Qonda qand miqdorini kamaytiradigan mahsulot aniqlandi. Amerikalik olimlar mango 2-tur diabetdan qiynalayotgan bemorlarning umumiy ahvolini yaxshilashga yordam berishiga ishonishadi.

«Express»da chop etilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, ushbu meva tarkibidagi polifenollar antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.

Mango tarkibida, shuningdek, bir qator mashhur biofaol birikmalar, jumladan, karotenoidlar, tokoferollar, askorbin kislotasi, oziq tolasi va mangiferinning fenol birikmalari, gall kislotasi va kversetin mavjud, deya ma’lum qilishdi mutaxassislar.

Tadqiqotda 2-tur diabet bilan og‘riyotgan ko‘ngillilar qatnashdilar. Ularning taomnomasiga sublimatsiya qilingan mango mevasi qo‘shilgan. Bir necha oydan so‘ng tajriba ishtirokchilarida taom tanovul qilgach glyukoza darajasi pasayganligi aniqlandi. Ustiga-ustak, aksariyat ishtirokchilarning organizmida yog‘ hajmi kamayishi kuzatilgan.

Biroq mango tarkibida fruktoza miqdori ko‘p bo‘lganligi bois diabetga chalingan bemorlar va xavfli guruhga kiruvchi boshqa odamlar uni ehtiyotkorlik bilan, oz-ozdan iste’mol qilishlariga to‘g‘ri keladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mahsulotni, qonda, olimlar, qand miqdorini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя