Главная » 2017 » Апрель » 12 » Olimlar semizlikning asosiy sababini aniqladi
12:50

Olimlar semizlikning asosiy sababini aniqladi


AQShlik bir guruh mutaxassislar insonning semirib ketishiga organizmda toza suvning etishmasligi sabab bo`lishini aniqlashdi, deb xabar berdi Newinform.com nashri.

Mutaxassislar semirishga to`yib ovqat eyish sabab bo`lolmasligini ma`lum qilishdi. O`tkazilgan tadqiqot natijasida semirib ketgan odamlar kerakli miqdorda suv ichmasliklari ma`lum bo`ldi. Gap sharbatlar, gazli suv va boshqa salqin ichimliklar haqida emas, gazsiz, toza suv haqida ketmoqda. Inson kun davomida ikki litr toza suv iste`mol qilishi lozim.

Mazkur tadqiqotda yoshi 64 ga to`lmagan 10 ming nafar odam ishtirok etdi. Tadqiqot so`nggida semirib ketgan odamlar toza suvni kam iste`mol qilgani ma`lum bo`ldi.

Muntazam gipogidratasiya tana vaznining oshishiga sabab bo`ladi. Semirishning oldini olish uchun ko`proq toza suv ichish lozim.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: olimlar, semizlik, aniqladi, asosiy sabab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя