Главная » 2020 » Октябрь » 20 » Olimlar vaksina olish uchun sog‘ odamlarga koronavirus yuqtirishmoqchi
15:44

Olimlar vaksina olish uchun sog‘ odamlarga koronavirus yuqtirishmoqchi


Buyuk Britaniya sog‘ odamlarga koronavirus atayin yuqtirilgan ilk mamlakat bo'lishi mumkin. Britan olimlari 90 nafar kishiga kasallikni yuqtirish hisobiga ta’sirchan vaksinani tezroq ishlab chiqishga umid qilishmoqda.

VVS xabarida sinovlar 2021-yilning yanvaridan boshlanishi ehtimoli aytiladi. Hukumat loyihaga 33,6 mln. funt sterling ajratishi kutilyapti. Ekspertlar bosh maqsad xavfsizlik bo‘lishini talab qilishmoqda. Bu yo‘sindagi sinovlarni o‘tkazish qanchalik maqsadga muvofiqligini tegishli tashkilotlar o‘z imzosi bilan tasdiqlashi kerak.

Olimlarga ruxsat bo‘lsa kifoya, ularning ta’kidlashicha, «koronavirusni yuqtirish usuli» vaksina yaratish va uni sinovdan o‘tkazish ishlarini ancha jonlantirib yuboradi. Ularning rejasiga ko‘ra, ko‘ngillilarga virus dozalab yuqtiriladi, ya’ni shu tarzda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar kasalanishi uchun virus dozasining eng kam miqdori qancha bo‘lishini aniqlab olishmoqchi. Sinovga olinganlarga virus burun yo‘li orqali yuqtiriladi va ular kechayu kunduz nazorat ostida bo‘ladi. Olimlar olingan natijalarga qarab vaksinaning samaradorligini tekshirib ko‘rishlari, kamchiliklarini to‘ldirishlari mumkin bo‘ladi.

«Jamoam respirator viruslari bilan shug‘ullanayotganiga 10 yildan oshdi. Hech bir tadqiqot mutlaq xavfsiz emas, biroq «Human Challenge» dasturining hamkorlari xavf darajasi imkon qadar past bo‘lishi uchun tinmay mehnat qilishadi», — dedi yetakchi tadqiqotchi, doktor Kri Chiu.

Jalb etilgan 90 nafar ko‘ngilli sinovdan so‘ng ham, har xil asoratlar paydo bo‘lgan-bo‘lmaganini tekshirish uchun, bir yil davomida kuzatuv ostida bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: odamlarga, vaksina, yuqtirishmoqchi, sog‘, Olimlar, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя