Главная » 2020 » Октябрь » 13 » Olimlar yana bir yirik xavfdan ogohlantirmoqda
09:57

Olimlar yana bir yirik xavfdan ogohlantirmoqda


Islandiyada tabiiy xavf vujudga keldi  deya yozmoqda Mirror.co.uk.

So‘nggi marta 2011-yilda «Grimsvotn» vulqonining otilishi 900 ta parvozning to‘xtashiga olib keldi va butun dunyo bo‘ylab minglab odamlarning sayohat tartibsizligini keltirib chiqargan edi.

To‘qqiz yil oldin sayohat tartibsizligini keltirib chiqargan Islandiya vulqoni «Grimsvotn» yana portlash arafasida, deya ogohlantirmoqda mutaxassislar.

2011-yilda u kul bulutlari sabab  900 reysning bekor qilinishiga sabab bo‘lgan. O‘tgan hafta olimlar «seysmik faollikni» qayd etishdi, ya’ni magma shishib, istalmagan harakatni keltirib chiqarishi mumkin.

Endi rasmiylar aviatsiya rang kodini yashil rangdan sariq rangga tushirishdi. Bu shuni anglatadiki, kelajakda vulqon otilishi haqida xavotir bor.

Lankaster universitetida ishlaydigan vulqon mutaxassisi Deyv Makgarvi shunday deb yozdi: «Issiqlik faolligining oshishi muzni ko‘proq eritib yubordi va yaqinda zilzila faolligi ham oshdi. Bu Islandiyaliklar uchun, shuningdek, havo qatnovi uchun yaxshi bo‘lmasligi ham mumkin, chunki iqtisodiy jihatdan zarar ko‘rishga yaqin turishibdi».

«Grimsvotn» deyarli butunlay qalin muz bilan qoplangan. Muzlarning erishi, keyinchalik sayyohlar oqimini kamaytirishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xavfdan, ogohlantirmoqda, olimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя