Главная » 2021 » Март » 4 » Olimlar Yerdagi hayot qachon yo‘q bo‘lib ketishini hisoblab chiqdi
22:44

Olimlar Yerdagi hayot qachon yo‘q bo‘lib ketishini hisoblab chiqdi


NASA va Yaponiyaning Toxo universiteti olimlari Yer sayyorasi keyingi millard yil ichida kislorodga boy atmosferani yo‘qotishini, bu sayyoradagi deyarli barcha hayotlarning o‘limiga sabab bo‘lishini aniqladi. Tadqiqot “Nature” jurnalida chop etilgan.

Tadqiqot mualliflari iqlim, geologik faollik, biologik jarayonlar va Quyosh faolligi kabi omillarni hisobga olgan holda Yerning simulyatsiyasini tayyorlagan. Ma’lum bo‘lishicha, quyosh isishi bilan karbonat angidrid molekulalari tomonidan issiqlik yutilishi va ularning yo‘q qilinishi tufayli atmosferadagi karbonat angidrid miqdori tusha boshlaydi. Shuningdek, Ozon qatlami ham yo‘qolib ketadi.

Karbonat angidrid darajasi taxminan 10 ming yildan keyin favqulodda quyi darajadan pastga tushganda, o‘simliklar endi fotosintez jarayonini qo‘llab-quvvatlay olmaydi va yo‘q bo‘lib ketadi. Atmosferadagi kislorod ham kamayadi, bu esa barcha quruqlik va dengiz hayvonlariga zarar yetkazadi.

Shu bilan birga, metan ajralib chiqa boshlaydi, bu esa tirik mavjudotlarning yo‘q bo‘lib ketishini tezlashtiradi. Yerda faqat murakkab organizmlar hosil bo‘lishidan oldingi biosferaga o‘xshab anaerob mikroorganzimlar qoladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olimlar, Yerdagi, Hayot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя