Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 8 » Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi tugatiladi
08:39
Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi tugatiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra quyidagilar belgilab qo‘yilmoqda:

oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimi o‘rniga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimi joriy etiladi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga yuklanadi;

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari – tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlarining, innovasion rivojlanish vaziri – barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining faoliyati natijalarini ularning «Yo‘l xaritalari»da belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan har oyda kamida bir marta tanqidiy muhokama qilib boradi;

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda tegishli oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan hisobotlari har yili Vazirlar Mahkamasining majlislarida muhokama etiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokama natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari rektorlarining egallab turgan lavozimiga loyiqligi yoki noloyiqligi masalasini ko‘rib chiqadi;

oliy ta’lim muassasalari rektorlarining faoliyati samaradorligiga baho berishda o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilinganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochishda ularning tashabbuskorligi inobatga olinadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 60 | Добавил: ADMIN | Теги: Oliy ta’lim muassasalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha p | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |