Главная » 2016 » Декабрь » 12 » Oliy ta’lim tizimida biror muammoga duch keldingizmi?
14:59

Oliy ta’lim tizimida biror muammoga duch keldingizmi?


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga oid muammoingiz yechimini topishda yoki shikoyat va takliflaringizni bildirishingizda kim ko‘mak berishini bilmayotgan bo‘lsangiz, endi sizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘ziga murojaat qilish imkoni tug‘ildi.
 
 “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarni zudlik bilan ko‘rib chiqish, shuningdek, keng jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Vazirning virtual qabulxonasiga “Vazir.edu.uz” sayti orqali kirib,  vazirlik tizimidagi markazlar hamda barcha oliy ta’lim muassasalari faoliyati, shuningdek, oliy ta’lim tizimiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: muammo, Oliy ta’lim tizimi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя